Samarqand shahridagi “Yoshlar uyi”ning narxi arzonlashtiriladi

Joriy yilning 6 may kuni saytimizda “Samarqandlik yoshlar Prezidentga murojaat qildi: Muammo arzon uy-joylarning bahosi qimmatligida” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi.

Xo‘sh, bu murojaatning taqdiri nima bo‘ldi? O‘tgan vaqt davomida bu masala yuzasidan qanday chora-tadbirlar ko‘rildi?

Shu kabi savollar bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashiga murojaat qildik.

Kengash raisi Abdulla Aslonovning aytishicha, Samarqand shahar Navoiy shoh ko‘chasida qurilgan “Yoshlar uyi”da yashovchi oilalarning murojaatida bayon etilgan muammolarni o‘rganish uchun viloyat hokimligi tomonidan ishchi guruhi tuzilgan. Qurilishdagi kamchiliklarni bartaraf etish qurilish va eng muhimi, xonadonlarning narxini arzonlashtirish bo‘yicha mas’ullar oldiga aniq vazifalar qo‘yilgan. Ishchi guruh masalani o‘rganib 27 mayga qadar viloyat hokimiga axborot kiritadi.

Demak, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.