Samarqand tibbiyot institutida an’anaviy darslar qachon boshlanadi?

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, respublikamiz tibbiyot oliygohlariga pandemiya vaqtida tibbiyot kadrlarga ehtiyoj yuqoriligini inobatga olib qisman ta’lim jarayonlari an’anaviy tarzda boshlashga ruxsat berildi. Shu munosabat bilan Samarqand davlat tibbiyot institutida ham mashg‘ulotlar 10 oktyabrdan boshlab an’anaviy tarzda boshlanadi.

Magistratura va bakalavrda tahsil olayotgan davolash ishi, pediatriya ishi, kasbiy ta’lim fakultetlarining 5-6 bosqich, stomatologiya ishi, tibbiy profilaktika yo‘nalishida tahsil olayotgan 4-5 bosqich hamda oliy hamshiralik ishidagi 3-bosqich talabalari ushbu sanadan boshlab an’anaviy dars mashg‘ulotlarini davom ettiradilar.

Ularning dars o‘tishlari karantin talablariga amal qilingan holda olib boriladi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati.