Samarqand tumani MTTlaridagi kamchiliklar bartaraf etiladi

Bugun Zarnews.uz saytida “Samarqand tumanidagi aksariyat davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari talab asosida faoliyat ko‘rsatmayapti” sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, viloyat hokimining 2020 yil 2 noyabrda berilgan topshirig‘iga asosan, tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi. Maqsad joylardagi real holatni o‘rganish, shu asosda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab olishdan iborat edi.

Shu asosda tuman hokimligi ishchi guruhi tuzilib, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bugungi holat hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganib chiqildi. Maqolada keltirilgan holatlar aynan tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan aniqlangan.

Bu borada tuman hokimligida tegishli tahliliy-tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda o‘z vazifasiga ma’suliyatsizlik bilan yondashgan, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullar qattiq ogohlantirildi. Mavjud muammolarni hal qilish uchun mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi. Xususan, bir hafta muddatda barcha MTTlarni kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Samarqand tumani hokimligi axborot xizmati.