Samarqand tumanida yer olib berishga va’da berib 6 700 dollar talab qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.S. “X.” MChJ rahbariga go‘yoki o‘zini tuman hokimligi xodimi sifatida tanishtirib, unga tibbiyot birlashmasi yonidan savdo do‘koni qurish uchun 50 kv.m yer maydoni olib berishni va’da qilgan.

Aniqlanishicha, buning evaziga Sh.S. 6 700 AQSh dollarini olgan, shundan 3 000 AQSh dollarini o‘z ixtiyori bilan qaytargan. Bu holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.