Samarqand tumanida ham daraxtlar osti betonlab tashlangani aniqlandi

«Daraxtga nafas bering» oyligi doirasida Samarqand tumanida daraxtlarga zarar yetkazish bilan bog‘liq 13 ta holat aniqlangan. Shundan 3 holatda daraxtlar osti betonlangan bo‘lsa, 10 tup daraxtga reklama bannerlari, elektr simlari va chiroqlar o‘rnatilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda ushbu daraxtlarga ozor bergan holda o‘rnatilgan reklama bannerlari va daraxtlar ostidagi beton qoplamalarining barchasi olib tashlanib, tadbirkorlik sub’yektlari mas’ullariga ogohlantirishlar berilgan, deya xabar bermoqda viloyat ekologiya boshqarmasi.

Avvalroq yana bir qator tuman va shaharlarda shu kabi holatlar aniqlangan edi.