Samarqand viloyati bosh arxitektori Bobur Elmurodov, viloyat davlat qurilishini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Shokir Ilmurodov e’tiboriga!
- 30.01.2020 13:59
- 716
- Samarqand

Chelak shahri markazidagi Motamsaro ona haykali atrofidagi noqonuniy qurilishlardan xabaringiz bormi? Yodgorlik atrofi obod xiyobon bo‘lishi kerak emasmi?
To‘g‘ri, 2017 yilda Payariq tumani hokimligi ushbu yodgorlik yonidan yengil konstruksiyali savdo shoxobchalari qurishga ruxsat bergan. Ammo bu yerda shlakoblok g‘ishtdan savdo shoxobchalari qurilayotgani amaldagi qonun-qoidalarga nechog‘li to‘g‘ri keladi?
Sizlardan iltimos, shu joyga mutaxassis yuborib, vaziyatni o‘rganib, bu tartibsizlikni bartaraf etish choralarini ko‘rsangiz.
Sobir ORTIQOV,
Payariq tumani, Chelak shahri.
Teglar:
arxitektura va qurilish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
100 yillik “Guliston”
- Kecha, 17:46
- Samarqand
2025 yilning eng kuchli pasportlari
- Kecha, 11:45
- Xorij
Shahardagi tirbandlikka yechim bormi?
- Kecha, 09:58
- Iqtisodiyot
Achchiq ovqat umrni uzaytiradi(mi?)
- 12/09, 17:34
- Salomatlik