Samarqand viloyati hokimining QARORI
QATTIQ VA SUYUQ MAISHIY CHIQINDILARNI OLIB CHIQIB KETISH XIZMATLARI UCHUN TARIFLARNI BELGILASG TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalari, "Chiqindilar to‘g‘risidagi"gi qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 2002 y., 4-5-son, 72-modda) 11-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi "Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilangan tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 239-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 42-43-son, 364-modda) va 2014 yil 15 iyuldagi "Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 194-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 30-son, 368-modda) qarorlariga asosan viloyatning shahar va tumanlari hududidagi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini takomillashtirish, hududlarning ekologik va sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida viloyat moliya bosh boshqarmasining 2018 yil 31 dekabrdagi 5-6/3873-sonli murojaatini inobatga olib QAROR QILAMAN:
Viloyatning shahar va tumanlari hududlaridan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati tariflari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Samarqand viloyati "Toza hudud" davlat unitar korxonasi, "Maroqand obod" davlat unitar korxonasi, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda:
bir oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmati bo‘yicha abonentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha samarali ishlar tashkil etilishini;
aholi punktlari hududidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmati bo‘yicha marshrutlar jadvallarini qayta ko‘rib chiqib tasdiqlanishini va tasdiqlangan jadvallar asosida chiqindilarni tashishni amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
- Viloyat moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), viloyat g‘aznachilik boshqarmasi (X.To‘ychiyev) bilan birgalikda:
byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning xarajatlar smetasida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarini tashib chiqarish xarajatlari bo‘yicha belgilangan normativlar asosida zarur mablag‘larni rejalashtirilishini;
Samarqand viloyati "Toza hudud" davlat unitar korxonasi, "Maroqand obod" davlat unitar korxonasi va sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan byudjet tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan tegishli shartnoma shartlariga ko‘ra mablag‘larning o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasinlar.
- Viloyat televideniyasi (D.Ismatov), "Zarafshon" va "Samarkandskiy vestnik" gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi (F.Negmatov), viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi (D.Jumaniyozov), shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda aholining keng qatlamlari orasida fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
Bunda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha teleko‘rsatuvlarda ijtimoiy reklama ma’lumotlarini faol joylashtirish ko‘zda tutilsin.
- Viloyat hokimining 2018 yil 28 iyundagi "Hududda sanitar-tozalik xizmatlari uchun yangilangan tariflarni belgilash to‘g‘risida"gi 416-Q-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblansin.
- Viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi huzuridagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" davlat unitar korxonasi (A.Anvarov) ushbu qarorni "Zarafshon" va "Samarkandskiy vestnik" gazetalarida rasman e’lon qilinishini va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasinlar.
- Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov zimmasiga yuklatilsin.
- Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Viloyat hokimi E.Turdimov
Samarqand shahri
2019 yil 25 yanvar
32-Q-sonli
Viloyat hokimining 2019 yil 25 yanvardagi
32-Q-sonli qaroriga ILOVA
VILOYaTNING ShAHAR VA TUMANLARI HUDUDLARIDAN QATTIQ VA SUYuQ MAIShIY ChIQINDILARNI OLIB ChIQIB KETISh XIZMATLARINING TARIFLARI
(QQSsiz)
№ |
Hududlar |
Tariflar |
||||
Jismoniy shaxslar (aholi)ga |
Yuridik shaxslarga |
|||||
Qattiq chiqindi 1 kishi uchun bir oyda (so‘m) |
Suyuq chiqindi 1 tonna uchun (so‘m) |
Qattiq chiqindi |
Suyuq chiqindi 1 tonna uchun (so‘m) |
|||
|
|
|
1 tonna uchun (so‘m |
1 m3 uchun (so‘m) |
||
1 |
Samarqand shahar |
2900 |
50428 |
95226 |
38243 |
50428 |
2 |
Kattaqo‘rg‘on shahar va tumanlarda |
2500 |
50428 |
96608 |
38798 |
50428 |