Samarqand viloyati hokimining QARORI
Qattiq maishiy chiqindilar to‘planishining eng kam me’yorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 apreldagi
“2019—2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4291-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2019-2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlar strategiyasining 40-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘planish me’yorlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan eksperimental tadqiqot va xronometraj natijalarini inobatga olib QAROR QILAMAN:
1. Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (A.Shukurov), viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi (D.Achilov), “Toza hudud” DUK (Z.Yusupov), viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi (X.Boymurodov)ning qattiq maishiy chiqindilar to‘planishining eng kam me’yorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Viloyatda qattiq maishiy chiqindilar to‘planishining eng kam me’yorlari (keyingi o‘rinlarda – me’yorlar) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi (D.Achilov) viloyatdagi barcha sanitar tozalash korxonalari bilan birgalikda hududlarni sanitariya jihatdan tozalash ishlarini mazkur qaror bilan tasdiqlangan me’yorlar asosida tashkil etilishini ta’minlasin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, me’yorlardan:
sanitar tozalash korxonalari faoliyatlarini oldindan rejalashtirish;
chiqindi tashish texnikalari, mexanizmlar va uskunalarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni hisob-kitob qilish;
sanitar tozalash korxonalari tomonidan maishiy chiqindilarni yig‘ish va aholi punktlaridan olib chiqish xizmatini ko‘rsatish;
yuridik shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish, zararsizlantirish, qayta ishlash sohasining usullarini belgilash maqsadlarida foydalaniladi.
5. Viloyat hokimligi axborot xizmati - matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi (A.Anvarov) ushbu qarorni “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarida rasman e’lon qilinishini va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasinlar.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Viloyat hokimi E.Turdimov
2020 yil 22 aprel,
№59-Q
Viloyat hokimining 2020 yil 22 apreldagi 59-sonli qaroriga ilova
Viloyatda qattiq maishiy chiqindilar to‘planishining eng kam me’yorlari