Samarqand viloyati hokimining qarori

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan QAROR QILAMAN:
1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining ellik beshinchi sessiyasi 2018 yil 24 avgust kuni soat 7:30 da viloyat hokimligining majlislar zalida chaqirilsin.
2. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashida bo‘shab qolgan o‘ringa 2018 yil 19 avgust kuni o‘tkazilgan saylov natijalari to‘g‘risida viloyat saylov komissiyasining axboroti va saylangan deputatning vakolatini tasdiqlash haqida.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishi, uning o‘z vaqtida va yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati to‘g‘risida.
Sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli to‘g‘risida.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrdagi PQ-3377-sonli “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi haqida
Tashkiliy masala.
3. Ushbu qaror matbuotda e’lon qilinsin.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.TURDIMOV
2018 yil 20 avgust