Samarqand viloyati hokimining QARORI
VILOYATDAGI BOZORLAR VA SAVDO KOMPLEKSLARI MA’MURIYATI TOMONIDAN UNDIRIB OLINADIGAN BIR MARTALIK YIG‘IMLAR, IJARA TO‘LOVLARI VA KO‘RSATILADIGAN XIZMATLAR QIYMATI MIQDORLARINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 385-386-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi "Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1326-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2010 y., 17-son, 131-modda) hamda O‘zbekston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi qonunining 6, 25-moddalariga asosan QAROR QILAMAN:
- Quyidagilar:
Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari miqdorlari 1-ilovaga;
Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan bino, inshootlarni va inventarlarni ijaraga berish va ko‘rsatiladigan majburiy xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Viloyat hokimining 2018 yil 17 fevraldagi "Viloyatdagi bozor va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlarning yangi miqdorlarini belgilash to‘g‘risida"gi 100-Q-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
- Viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi va viloyat hokimligi huzuridagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" davlat unitar korxonasi mazkur qarorni "Zarafshon" va "Samarkandskiy vestnik" gazetalarida e’lon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini ta’minlasinlar.
- Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
- Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov zimmasiga yuklatilsin.
Viloyat hokimi E.Turdimov
2019 yil 25 yanvar
31-Q sonli
BOZORLAR VA SAVDO KOMPLEKSLARINING MA’MURIYaTI TOMONIDAN UNDIRIB OLINADIGAN BIR MARTALIK YIG‘IMLAR, IJARA TO‘LOVLARI MIQDORLARI
Viloyat hokimining 2019 yil 25 yanvardagi 31-Q-sonli qaroriga 1-ilova
t/r |
Mahsulot turi |
O‘lchov |
Olinadigan to‘lovlar |
|
|||
Samarqand, |
Nurobod va Qo‘shrabot tuman bozorlarida |
Viloyatning qolgan tuman bozorlarida |
|||||
I. |
Bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlarning miqdori |
|
|||||
1. |
Mahsulotlarni savdo o‘rinlarida sotish: |
|
|||||
1.1. |
Mevalar: |
1 o‘rin/kunga |
5 000 |
3 000 |
4 000 |
||
sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h.k.) hamda chet eldan keltirilgan boshqa ho‘l mevalar. |
1 o‘rin/kunga |
9 000 |
4 000 |
5 000 |
|||
Quruq mevalar, yong‘oqlar: turshak, bargak, mayiz, yong‘oq, yeryong‘oq, bodom, pistalar, sho‘rdanak va h.k. |
1 o‘rin/kunga |
9 000 |
4 500 |
6 500 |
|||
1.2. |
Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholg‘om, bulg‘or qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring (shu jumladan, issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring)va h.k. hamda pishirilgan jo‘xori |
1 o‘rin/kunga |
3 500 |
2 500 |
3 500 |
||
1.3. |
Poliz mahsulotlari: |
1 o‘rin/kunga |
9 000 |
4 500 |
5 500 |
||
1.4. |
Don mahsulotlari: |
1 o‘rin/kunga |
6 000 |
3 500 |
4 500 |
||
1.5. |
Dukkakli mahsulotlar: |
1 o‘rin/kunga |
5 500 |
2 500 |
4 000 |
||
1.6. |
Sut mahsulotlari: |
1 o‘rin/kunga |
4 000 |
2 500 |
3 000 |
||
1.7. |
Tuzlamalar: |
1 o‘rin/kunga |
5 000 |
3 000 |
3 500 |
||
1.8. |
Ziravor va dorivorlar: (zira, murch, qalampir va h.k.) hamda asal |
1 o‘rin/kunga |
4 500 |
3 000 |
4 000 |
||
1.9. |
Ko‘katlar (shu jumladan, issiqxonada yetishtirilgani) |
1 o‘rin/kunga |
4 000 |
2 500 |
3 000 |
||
1.10. |
Tuxum |
1 o‘rin/kunga |
4 500 |
3 000 |
3 500 |
||
1.11. |
Gullar va ko‘chatlar ( 6 kv.metrgacha) |
1 o‘rin/kunga |
4 000 |
2 000 |
3 000 |
||
1.12. |
Non mahsulotlari (obinon, patir va h.k.) |
1 o‘rin/kunga |
3 500 |
2 000 |
3 000 |
||
1.13. |
Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari |
1 o‘rin/kunga |
5 000 |
3 000 |
3 500 |
||
1.14. |
Sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari, salqin ichimliklar |
1 o‘rin/kunga |
10 500 |
6 500 |
9 000 |
||
1.15. |
Milliy taomlar |
1 o‘rin/kunga |
10 000 |
6 000 |
8 000 |
||
1.16. |
Polietilen va qog‘oz paketlar, savatlar va posilka qutilar |
1 o‘rin/kunga |
4 000 |
2 000 |
3 000 |
||
1.17. |
Supurgi |
1 o‘rin/kunga |
4 000 |
2 500 |
3 000 |
||
1.18. |
Tirik baliq |
1 o‘rin/kunga |
11 000 |
7 500 |
9 000 |
||
1.19. |
Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari: |
1 o‘rin/kunga |
5 000 |
3 000 |
4 000 |
||
2. |
Go‘sht mahsulotlari; |
|
|||||
2.1. |
Mol, qo‘y, cho‘chqa va boshqa hayvonlar go‘shtlari, dumba, jigar |
1 o‘rin/kunga |
20 000 |
13 000 |
16 000 |
||
2.2. |
Parranda go‘shti, til, kalla-pocha va h.k.lar alohida sotilganda |
1 o‘rin/kunga |
12 000 |
6 000 |
7 000 |
||
3. |
Mahsulotlarini avtomashinalardan sotish:
|
||||||
yengil avtomashinalardan |
1 mashina |
16 000 |
12 000 |
15 000 |
|||
yuk avtomashinalardan |
1 mashina |
22 000 |
15 000 |
20 000 |
|||
tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan |
1 mashina |
14 000 |
10 000 |
12 000 |
|||
mahsulotlarni yerda sotish (savdo rastalaridan tashqarida, maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv.metrgacha) |
1 o‘rin/kunga |
6 000 |
4 000 |
5 000 |
|||
4. |
Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalar (har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun): shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch, makkajo‘xori poyasi va h.k. |
1 mashina |
8 500 |
5 500 |
6 500 |
||
5. |
Tayyor ustki kiyimlar, ichki kiyimlar, o‘rin-to‘shak jihozlari, gazlamalar, turli xildagi mato jildlar, poyabzallar va boshqa sanoat mollari |
1 joy uchun |
8 500 |
5 500 |
7 000 |
||
5.1. |
Televizor, org-texnika, mebel jihozlari, gilam mahsulotlari va h.k . (6 kv.metr) |
1 joy uchun |
11 000 |
6 000 |
8 500 |
||
6. |
Ilgari foydalanishda bo‘lgan buyumlarni sotish: |
1 o‘rin/kunga |
4 500 |
3 000 |
3 500 |
||
7. |
Avtotransport vositalarini sotish:
|
||||||
7.1. |
yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar, shundan |
|
|
|
|
||
«GM-Uzbekistan” (UzDEU) va xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalar |
1 dona |
30 000 |
x |
x |
|||
MDH (SNG) davlatlarida ishlab chiqarilgan avtomashinalar |
1 dona |
20 000 |
x |
x |
|||
yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk ko‘taruvchi transport vositalari |
1 dona |
27 000 |
x |
x |
|||
mototsikl, motoroller va mopedlar |
1 dona |
7 000 |
x |
x |
|||
Velosipedlar |
1 dona |
5 000 |
3 000 |
3 000 |
|||
7.2. |
Ilgari foydalanishda bo‘lgan ehtiyot qismlarni sotish: |
1 o‘rin/kunga |
6 000 |
4 000 |
5 000 |
||
8. |
* Mol bozoriga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun: |
||||||
8.1. |
Ot, toy, tuya |
1 bosh |
18 000 |
18 000 |
18 000 |
||
Bo‘taloq, eshak |
1 bosh |
10 000 |
10 000 |
10 000 |
|||
8.2. |
Yirik shoxli qoramol: |
|
|
|
|
||
yirik shoxli qoramol (shu jumladan, sigir buzog‘i bilan) |
1 bosh |
22 000 |
22 000 |
22 000 |
|||
Buzoq |
1 bosh |
15 000 |
15 000 |
15 000 |
|||
8.3. |
Mayda shoxli qoramol: |
|
|
|
|
||
qo‘y, echki (qo‘y qo‘zisi bilan, echki ulog‘i bilan va h.k.) |
1 bosh |
16 000 |
16 000 |
16 000 |
|||
qo‘zi, uloq |
1 bosh |
11 000 |
11 000 |
11 000 |
|||
8.4. |
Cho‘chqalar, cho‘chqa bolalari |
1 bosh |
11 000 |
11 000 |
11 000 |
||
9. |
Uy parrandalari: kurka, tovuq, o‘rdak, g‘oz |
1 bosh |
2 000 |
2 000 |
2 000 |
||
tovuq, kurka, o‘rdak, g‘oz jo‘jalari |
10 bosh |
2 000 |
2 000 |
2 000 |
|||
10. |
Itlar va mushuklar |
1 o‘rin/kunga |
6 000 |
3 000 |
4 000 |
||
11. |
Manzarali qushlar va baliqlar |
1 o‘rin/kunga |
6 000 |
3 000 |
4 000 |
||
12. |
Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar |
1 o‘rin/kunga |
2 500 |
1 500 |
2 000 |
||
13. |
Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek, ularning ozuqalari tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda |
1 o‘rin/kunga |
4 500 |
2 500 |
3 000 |
||
14. |
Maxsus ajratilgan joylarda og‘ir va katta o‘lchamdagi qurilish materiallarini sotish:
|
||||||
14.1. |
6 kv.metrgacha |
1 o‘rin/kunga |
8 500 |
8 500 |
8 500 |
||
14.2. |
6 dan - 15 kv.metrgacha |
1 o‘rin/kunga |
12 000 |
12 000 |
12 000 |
||
14.3. |
15 dan - 30 kv.metrgacha |
1 o‘rin/kunga |
14 000 |
14 000 |
14 000 |
||
15. |
Qurilish materiallarini vaqtinchalik saqlash uchun |
1 urin/kunga |
8 000 |
8 000 |
8 000 |
||
16. |
Kichik o‘lchamdagi qurilish materiallari (mayda o‘lchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h.k.) sotish (6 kv.metrgacha) |
1 o‘rin/kunga |
9 000 |
9 000 |
9 000 |
||
17. |
Mahalliy (terak, qamish, somon va h.q.) va eski qurilish materiallari |
bir kv.metr |
300 |
300 |
300 |
Izoh: 1.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xalq iste’moli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo o‘rni) o‘lchami 1 - 1,2 pogonometr deb belgilanadi va shu o‘lchamdan ortiq o‘rin uchun qo‘shimcha ravishda har bir savdo o‘rni uchun belgilangan to‘lov miqdorida joy haqi undiriladi.
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xalq iste’moli mollari aralash holda sotilganda, to‘lov sotiladigan mahsulot turlari bo‘yicha belgilangan eng yuqori stavka bo‘yicha undiriladi.
- Qo‘shrabot, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Payariq va Urgut tuman dehqon bozorlarida mayizni katta taroziga tortishda har bir kg. uchun 250 so‘m patta puli undirilsin.