Samarqand xalqaro aeroportida sifati kafolatlanmagan tibbiy uskunalar ushlab qolindi
Samarqand xalqaro aeroportiga “Istanbul-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M.M. bojxona nazoratidan o‘tayotganida bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va sifati kafolatlanmagan “DIMEI Diamond Burs” nomli Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan tibbiyot uskunalarini yashirib o‘tayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Daliliy ashyo sifatida olingan mazkur tibbiyot uskunalari fuqaro M.M. tomonidan qonuniy litsenziyasiz (ruxsatnoma), sifatini tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qligi sababli olib qo‘yildi.
Shu o‘rinda yo‘lovchilarga eslatib o‘tamiz, dori vositalari va tibbiy buyumlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, sotish, foydalanish va tibbiy amaliyotda qo‘llash bo‘yicha hukumatimiz tomonidan belgilangan tartib-qoida mavjud.
Qonunchilikka ko‘ra, dori vositalari va tibbiy buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga tegishli ruxsatnoma asosida olib kirishga ruxsat berilgan.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati.