Samarqandda 100 dona "Tramadol" sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 2 oktyabr kuni Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Samarqand shahar Imom Buxoriy ko‘chasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan D. ismli fuqaro I. ismli shaxsga jami 100 dona “Tramadol-Lannaxer 50 mg” tabletkalarini 1,6 million so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.