Samarqandda 3 ta tarixiy masjid binosi buzib tashlanishi va bitta yodgorlik ruxsatsiz ta’mirlanishi oqibatida ob’yektlarga 46,8 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan
- 11.03.2025 11:03
- 411
- Samarqand

Prokuratura organlari hamda Madaniy meros agentligi xodimlari hamkorligida tarixiy joylardan foydalanish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida viloyatdagi XIX–XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binosi buzib tashlangani hamda bittasi ruxsatsiz ta’mirlanganligi oqibatida yodgorliklarga 46,8 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kushoq ota” masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 milliard so‘m, Urgutdagi Ahmad Yassaviy va Hoji O‘rinboy masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 milliard so‘mlik, shuningdek, Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi ruxsatsiz ta’mirlanganligi natijasida 10,2 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.