Samarqandda 450 o‘rinli «Family Park» kinoteatri ishga tushadi

Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Ipak yo‘li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Toshkentda va boshqa hududlarda oltita kinozal foydalanishga topshiriladi.

Jumladan, Toshkentda qayta rekonstruksiyalangan 4 ta zal ochiladi. 3300 o‘ringa ega bo‘lgan Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyi yangi qiyofada ta’mirlanmoqda.

Yana bir shunday kinozallardan 2000 o‘rinli “Renaissance Hall” kino-konsert zali, Samarqand shahrida 3 ta zal va 450 o‘rinli «Family Park» kinoteatrlari ishga tushadi.

Kinofestival doirasida Buxoroda kapital rekonstruksiyadan keyin ikkita zal va 434 o‘ringa ega bo‘lgan “Buxoro”, 225 o‘rinli “Chinor Cinema” zallari ochilishi ko‘zda tutilgan. “Buxoro” SKM (TRS) nomli 340 o‘rinli kinoteatrlar foydalanishga topshiriladi.

Xivada Xudoybergan Devonov nomidagi 320 o‘rinli kinoteatr yangilangan qiyofada tomoshabinlarni qarshi oladi.