Samarqandda 6 ta, umumiy maydoni 27,5 gektarlik qurilish chiqindilarini joylashtirish poligonlari tashkil qilingan
Ularning eng kattasi Ishtixon tumanida joylashgan - 12 gektar hududga ega.
Qurilish chiqindilari joylashtiriladigan poligonlarning yana biri Samarqand shahari Kimyogarlar qo‘rg‘onida. Hududi 4,5 gektar. Qo‘shrabot tumanidagi shunday poligonga 5 gektar yer ajratilgan. Shuningdek, Past Darg‘om tumanida 1 gektar, Bulung‘ur tumanida 2 gektar, Narpay tumanida 3 gektar maydonga ega qurilish chiqindilari joylashtiriladigan poligon bor.
Viloyat hududida 5 ta oilaviy korxona, 3 ta MChJ, 3 ta xususiy koxona va 3 ta yakka tartibdagi tadbirkor maishiy chiqindilardan saralangan ikkilamchi qog‘oz, polietilen, PET idishlari (bakalashka) va shisha idishlari, yaroqsiz avtoshinalar va rezina maxsulotlarini qabul qilish shoxobchalari faoliyat yuritadi.cj
Shunday faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgan 6 ta noqonuniy korxona borligi aniqlangan.
Ushbu korxonalar bir kunda 1270 kilogramm ikkilamchi qog‘oz, 1860 kilogramm polietilen va plastmassa mahsulotlari qabul kiladi.