«O‘zbekkosmos» 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixonalarni aniqladi

Joriy yilning bugungi kuniga qadar respublikaning qariyb 721 gektar maydonida 1928 ta noqonuniy chiqindixona mavjud ekanligi aniqlandi.

Ulardan 123 tasi, ya’ni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1805 tasi - 465,2 gektari esa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida qayd etilmoqda.

Bu kabi noqonuniy chiqindi poligonlarining tashkil etilishi, avvalo, atrof-muhit va ekologiyaga katta salbiy ta’sir o‘tkazib, tuproq, suv va havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan xavflidir.

Qolaversa, zararli hasharotlar ko‘payishi, infeksion kasalliklarning ortishi, insonlarda o‘pka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladi.