Samarqandda 9 oy davomida 58 ming ishchi “legallashtirilgan”i aytildi

Bu haqda xalq deputatlari viloyat kengashining 45-sessiyasida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan 9 oyda 58 415 nafar xodimlar faoliyati rasmiylashtirilishi ortidan shuncha ishchining huquqlari kafolatlanishi bilan birga byudjetga 5,6 milliard so‘m soliq tushumlari qo‘shilgan.
Yilning oxirgi choragida yana 17,5 ming xodimni legallashtirish ko‘zda tutilgan.
“Tahlillarga ko‘ra, soliq hisobotlarida 1 sentyabr holatiga
20 668 tadbirkorlik sub’yektlarida xodimlar soni 1 nafar, 10 726 tasida 2-3 nafar, 6 015 tasida 4-10 nafar va 2 758 tasida 10 nafardan ortiq, deb ko‘rsatilgan.
Ochiq aytish kerak, ushbu raqamlarning haqqoniyligini aniqlash va norasmiylarni ro‘yxatga olish va soliqqa tortish ham asosiy muammolarimizdan biri hisoblanadi” deydi o‘z hisobotida Jamshid O‘roqov.