Samarqandda 9 oyda yalpi hududiy mahsulot 4,5 foizga o‘sdi

Joriy yilning o‘tgan 9 oyida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 27324,6 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,5 foizga o‘sdi.

Jumladan, sanoat 11688,6, iste’mol tovarlari 6786,5, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari 21306,8, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 7173,6, qurilish ishlari 3207,6, chakana tovar aylanmasi 9696,9, xizmatlar 8729 miliard so‘mni tashkil etdi.

Shu vaqtda tashqi savdo aylanmasi 1295,9 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 120,5 foizga o‘sdi.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.