Samarqandda “Avicenna Heritage” - "Abu Ali Ibn Sino merosi" dorivor o‘simliklar mahsulotlarining birinchi xalqaro ko‘rgazmasi boshlandi
Cog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Samarqand viloyat hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Jomboy tumanidagi “SOF EXPO SAMARKAND” ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor dorivor o‘simliklar mahsulotlarining birinchi xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazma mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, farmmahsulotlarni mahalliylashtirish va eksport qilish hajmini oshirish, O‘zbekistonda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy kompaniyalarni jalb qilishga qaratilgan.
Ko‘rgazmada mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari bilan hamda sohani tartibga soluvchi organlar, sotuvchi tashkilotlar va farmatsevtika bozori mutaxassislari ishtirok etyapti.