Xalqaro turizm yarmarkasida Samarqand "Eng muhtasham stend" nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

Poytaxtimizda “Ipak yo‘lida turizm” (TXTY-2024) 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, Xitoy, Gruziya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Rossiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Germaniya, Tailand, Malayziya, Chexiya, Belarus, Indoneziya, Hindiston, Pokiston kabi davlatlardan turizm sohasi vakillari ishtirok etdi.

Yarmarkada Samarqanddan 25 nafardan ziyod turizm sohasi vakillari viloyatimizning turizm imkoniyatlari, yangi sayyohlik yo‘nalishlari, zamonaviy mehmonxona infratuzilmasini namoyish qildi.

Ko‘rgazma davomida viloyatimiz delegatsiyasi mahalliy va xorijlik turizm sohasi vakillari o‘rtasida 300 dan ziyod hamkorlik kelishuvlari tuzildi.

Yarmarkada Samarqand "Eng muhtasham stend" nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.