Samarqandda avtomashinani o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 7 noyabr kunidan 8 noyabr kuniga o‘tar kechasi, noma’lum shaxs Samarqand shahar Buxoro ko‘chasi, 66-uyda yashovchi 34 yoshli Furqat O. o‘ziga tegishli oq rangli “VAZ-21011” rusumli avtomashinasini yashash uyi oldida qarovsiz qoldirib ketganligidan foydalanib avtomashinani noma’lum tomonga olib qochib ketgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Samarqand shahrida yashovchi fuqaro, 32 yoshli Ramiz B. spirtli ichimlik ta’sirida sodir etganligi aniqlanib, u avtomashinani boshqarib ketayotganida vaqtida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, undan Furqat O.ga tegishli oq rangli “VAZ-21011” rusumli avtomashinasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Ramiz B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida Ramiz B.ga nisbatan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish masalasini hal qilish uchun Samarqand shahar prokuraturasiga taqdim qilingan.