Samarqandda bir necha jinoyatlarda ayblanib qidirilayotgan shaxs yo‘lovchilar ichidan aniqlandi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39-avtomobil yo‘lida joylashgan “Yuqori Nuqta” muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YHXB xodimlari tomonidan «Samarqand-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan, «Yutong» rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirildi.

Yo‘lovchilar orasida bir nechta jinoyatlarni (o‘g‘rilik, bosqinchilik) sodir qilib, huquq tartibot organlaridan yashirinib, qidiruvda bo‘lgan, Kattaqo‘rg‘on shahar Mashrab ko‘chasida yashovchi fuqaro X.F. borligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Samarqand viloyati IIB xabariga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.