Samarqandda ikkinchi bor «SILK ROAD BAZAAR» festivali o‘tkaziladi
- 11.09.2019 14:45
- 191
- Samarqand
Samarqand shahrida joriy yilning 27-28 sentyabr kunlari qadim Sharq bozorlari an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan «SILK ROAD BAZAAR» milliy hunarmandchilik va savdo festivali o‘tkaziladi.
Unda mamlakatimiz viloyatlaridan kelgan hunarmandlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etadi. Festival doirasida savdo yarmarkalari tashkil etilib, folklor-etnografik jamoalar, estrada xonandalari chiqishlari, teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish qilinadi.
O‘tgan yilning 24-26 avgustida festival ilk marta tashkil etilgandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- Bugun, 18:02
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- Bugun, 17:55
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- Bugun, 17:30
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Bugun, 11:50
- Jamiyat