Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik zardo‘z va zargarlar ishi Buxoroda e’tirof etildi

Buxoroda tashkil etilgan “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivalida Samarqand viloyatidan 30 nafar hunarmand ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli tadbirda 50 ga yaqin xorijiy davlatlardan zardo‘z va zargarlar o‘z maxsulotlari bilan festivalda qatnashdi. Ular qatorida samarqandlik hunarmandlarning ham ishtiroki alohida e’tiborli bo‘ldi.

Natijada viloyatimizdan festivalda quyidagi hunarmandlarning mahsuloti e’tirofga loyiq ko‘rildi:

"Eng yaxshi zargar" yo‘nalishida Hasan Qurbonov - I o‘rin;

"Eng yaxshi zardo‘z" yo‘nalishida Shavkat Zohidov - II o‘rin;

"Eng yaxshi zardo‘zlik maktabi" yo‘nalishida Nargiza Xolmirzayeva - III o‘rin;

Shuningdek, kashtachilik bo‘yicha Mavluda Hamdamova "Eng yaxshi hunarmand" yo‘nalishida g‘oliblar qatoridan joy oldi.