"Osh festivali" munosabati bilan galakonsert tashkil etiladi
- 31.07.2025 16:39
- 272
- Samarqand

1, 2, 3 avgust kunlari Samarqand shahrida “Osh festivali” bo‘lib o‘tadi.
Festival 3 kun tashkil etiladi:
1-kun – mahalliy oshpazlar ishtirokida musobaqa (Sulton Hovand Beka maqbarasi - Ashratxonada);
2-kun – xorijiy oshpazlar ishtirokida musobaqa (Alisher Navoiy ko‘chasida);
3-kun – 7 tonna osh tayyorlash jarayoni (“Boqiy shahar” majmuasida);
“Boqiy shahar”da tashkil etiladigan festival yakunida konsert dasturlari va tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Unda poytaxtlik taniqli san’atkorlar – Nilufar Usmonova, Muhammadziyo, Lola Ahmedova hamda Oybek va Nigora o‘z chiqishlari bilan ishtirok etadi.
Kirish barcha uchun bepul!
Tayyorlangan osh nogironligi bo‘lgan bolalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, mehribonlik va saxovat uylari kabi muassasalarga yetkazib beriladi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.