Samarqandda jazo muddatini o‘tayotgan mahkum qochib ketgan
Buxoroda Samarqand viloyatidagi manzil-koloniyasida jazoni o‘tayotib, u yerdan qochgan shaxs qo‘lga olindi.
Buxoro viloyati IIBB xabariga ko‘ra, Romitan tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan J.G. Romitan tumani Gazli shaharchasi hududida 13 noyabr kuni qo‘lga olingan. U O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun sudlangan.
Qochib ketgan mahbus 9 oktyabrdan buyon qidiruvda bo‘lgan.
Xabarda jinoyatchi Samarqand viloyati IIB JIEBga qarashli 37-son manzil-koloniya xodimlariga topshirilgani qo‘shimcha qilingan.