Samarqandda kishi boshiga bittadan chorva moli boqilmoqda
- 22.06.2021 15:16
- 73
- Iqtisodiyot
Viloyatda jami 4 million bosh chorva mollari mavjud. Hududda 3,8 milliondan ziyod fuqaro yashayotganligini hisobga olsak, bu kishi boshiga bittadan chorva mollari parvarishlanayotganini bildiradi.
Bu ma’lumot viloyat hokimligi apparat yig‘ilishida qayd etildi.
Bir yilda o‘rtacha 925 ming bosh chorva mollari (300 ming bosh qoramol, 625 ming bosh qo‘y) so‘yiladi. Bir yilda so‘yiladigan chorva mollarining bor-yo‘g‘i 11,6 foizi kushxonalar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Kushxonalarda so‘yish qamrovi kamligi sababli chorva mollarini veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda noqonuniy, belgilanmagan joylarda (uy sharoitida) so‘yilishi oqibatida hayvonlardan insonlarga yuqadigan yuqumli kasalliklarni yuqtirib olish xavfi saqlanib qolmoqda.
Teglar:
chorva mollari