Urgutda chorvachilik kompleksi ish boshladi

Urgut tumanidagi “Saypullayev Olimjon nurli dalasi” fermer xo‘jaligi 849 million so‘mlik bank krediti hisobiga Avstriya davlatidan 29 bosh zotdor qoramol olib kelib, qoramolchilik majmuini ishga tushirdi.

- Bundan tashqari, joriy yilda tumanda umumiy qiymati 17,9 milliard so‘mlik yana to‘rtta loyiha ishga tushiriladi, - “O‘zagroinspeksiya”ning Urgut tumani bo‘limi boshlig‘i Azamat Xoliqov. – Ayni kunlarda chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 199 bosh qoramolni parvarishlashga mo‘ljallangan umumiy qiymati 7 milliard 900 million so‘mlik 3 ta loyiha yuzasidan qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda, ularni noyabr oyida ishga tushirish belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida: viloyat bo‘yicha 2021 yilning 1 iyul holatiga 726 ta qoramolchilik xo‘jaliklari mavjud. Shundan 135 ta qoramolchilik yo‘nalishidagi naslchilik xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda. Ushbu naslchilik xo‘jaliklarida jami 23 ming 913 bosh qoramol, shundan 12 ming 262 bosh sigir mavjud bo‘lib, 2021 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, ushbu naslchilik xo‘jaliklari tomonidan 28 ming 700 tonna sut ishlab chiqarilgan, 5 ming 185 bosh buzoq olingan.

“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati.