Nurobodga xisori qo‘ylar keltirildi
- 25.03.2021 16:43
- 660
- Samarqand
Nurobod viloyatning olis, chorvachilikka ixtisoslashgan tumanlaridan biri. Hozir tumanda 85 ming 400 bosh qorako‘l qo‘ylari parvarishlanmoqda.
Prezidentimizning 2020 yil 29 yanvardagi “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘lla-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tumanda klaster korxonalari va naslchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga chetdan keltiriladigan naslli qoramol, qo‘y va echkilar uchun imtiyoz berilishi qoramollar naslini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Jumladan, “Toshquduq” MMTP hududidagi “Chorvachilik faxrim mening” MChJga Xalq banki ATB Nurobod tumani bo‘limi tomonidan ajratilgan 2 milliard so‘mlik kredit mablag‘i evaziga Qozog‘istondan 952 bosh, “Tim Arabota savdo markazi” MChJga 696 million so‘mlik kredit mablag‘i evaziga 317 bosh naslli hisori qo‘ylar keltirildi.
Mamat O‘RUNOV,
Agroinspeksiyaning Nurobod tumani bo‘limi boshlig‘i.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa