Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda mahalla tizimi xodimlari taqdirlanmoqda

22 mart - Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi yoshlar markazida tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni, ular timsolida mahalla tizimi faollarini sana munosabati bilan qutladi.

- Yurtimizda Navro‘z shukuhi kezib yurgan bir paytda mahalla tizimi xodimlari kuni nishonlanmoqda, - dedi viloyat hokimi. - Yurtboshimiz mazkur tizimga doim alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar, kechagi bayram tadbirida ham bu sanaga ham to‘xtalib o‘tdilar.

Aslida eng qiyin ish mahalla raisining ishi. Chunki xonadonma xonadon yurib, odamlar bilan muomala munosabat qiladigan kishi mahalla faollaridir. Ular o‘z ishini a’lo darajada bajarar ekan, o‘sha hududda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Shuning uchun biz sizga ishonamiz, sizga suyanamiz.

Shundan so‘ng bir guruh mahalla tizimi xodimlariga davlat mukofotlari tantanali topshirildi.