Samarqandda Navro‘z bayrami tadbirlari qayerlarda o‘tkaziladi?

Bu yilgi Navro‘z bayramining asosiy tadbirlari 20 mart kuni Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘i va “Mo‘’jiza” amfiteatrida o‘tkaziladi.

19 mart kuni bayram tantanalari Qorasuv massivida ham tashkil etiladi.

Bayramda yangi sahna ko‘rinishlari, shoir va yozuvchilarning ijod namunalari, san’atkorlarning Vatan, tabiat, yoshlik va go‘zallik haqidagi yangi qo‘shiqlari, xalq og‘zaki ijodi, ansambllarining chiqishlari, askiya san’ati ijodkorlarining zamonaviy ijod mahsullari namoyish etiladi.

Tadbirlar Alisher Navoiy nomli ko‘cha, Registon maydoni, Universitet xiyoboni hamda shahar markazidagi boshqa diqqatga sazovor joylarda ham davom etadi. Shuningdek, viloyatdagi mahallalar, ta’lim muassasasalarining ko‘rgazmali chiqishlari, tadbirkor va hunarmadlar tomonidan yarmarkalar tashkil etilib, xalq o‘yinlari va sport musobaqalari tashkil etiladi.

Tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etganlar va g‘oliblar rag‘batlantirilib, eng munosib hudud tajribasi ommalashtiriladi.

Tuman va shaharlarda 16-19 mart kunlari Navro‘z xalq sayillari tarzida keng nishonlanadi.