Samarqandda “O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumi” bo‘lib o‘tdi
- 01.04.2021 18:41
- 69
- Samarqand

Qozog‘iston Respublikasining “Ostana diplomatik klubi” prezidenti Kayirbolat Saxmetov boshchiligida 60 ta korxona vakillaridan iborat delegatsiya Samarqandga keldi.
Shu munosabat bilan Samarqand shahridagi yoshlar markazida O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumi va “V2V” formatida hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.
Mazkur biznes-forumda 200 nafarga yaqin tadbirkorlik sub’yektlari qozog‘istonlik ishbilarmonlar bilan tibbiyot, farmatsevtika, mashinasozlik, IT zamonaviy texnologiyalari, konsalting, dizayn, oziq-ovqat, transport, logistika, ta’lim, savdo, mehmonxona, qishloq xo‘jaligi, tekstil, gilam mahsulotlar, ipakchilik, chorvachilik, qurilish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdi.
Biznes-forum yakunida ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida eksport-import, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shma korxonalar ochish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnoma va memorandumlar imzolandi.
Savdo sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Shokoladni yaxshi ko‘radigan qo‘shnim...
- Bugun, 09:16
- Mutolaa