Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda salomatlik aksiyasi o‘tkaziladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!” shiori ostida salomatlik aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu aksiyani o‘tkazish uchun bugun vazirlik tarkibiy tuzilmalari va ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari rahbarlari, malakali tibbiyot xodimlar Samarqandga keldi.

Aksiya davomidagi tadbirlar viloyatimizning barcha tumanlarida mahallabay kesimda o‘tkaziladi. Unda “Temir daftar”ga kiritilgan va tibbiy xizmatga muhtoj fuqarolar poytaxtlik va viloyat davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali shifokorlar hamda Samarqand davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilari tomonidan uylarida ko‘rikdan o‘tkaziladi, kerakli davo choralarini oladi. Zarurat tug‘ilsa, tibbiyot muassasalariga yetkazilib, ularda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari amalga oshiriladi. 

Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.