Samarqandda soliq koeffitsentlari tasdiqlandi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining “Samarqand viloyatida 2023 yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffisiyentlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-moddasi, viloyat davlat soliq boshqarmasi (2022 yil 20 dekabrdagi 19/10-120148-son) va viloyat moliya bosh boshqarmasining (2022 yil 22 dekabrdagi 01/02-38-951-son) xulosalariga asoslanib, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq saksoninchi sessiyasi QAROR QILADI:
1.Samarqand viloyati tumanlarining iqtisodiy rivojlanishiga qarab 2023 yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsiyentlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2.Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari kotibiyati (K.Xushboqov), viloyat moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), viloyat davlat soliq boshqarmasi (A.Inog‘omov) mazkur qarorga asosan 2023 yilda yuridik shaxslarning mulk qiymatiga qo‘llanilayotgan kamaytiruvchi koeffitsiyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq to‘lovchilarga yetkazilishini ta’minlasin.
3.Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi» (A.Anvarov) ushbu qarorning «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalarida rasman e’lon qilinishi va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
4.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) va viloyat hokimining o‘rinbosari (F.Abilov) zimmasiga yuklansin.
Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi E.Turdimov
2023 yil 30 yanvar
*Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2023 yil 2023 yil 30 yanvardagi VI-80-2-7-0-K/23-son qaroriga ilova
Samarqand viloyati tumanlarining iqtisodiy rivojlanishiga qarab 2023 yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffisiyentlar
T/r |
Hududlar nomi |
Kamaytiruvchi koeffitsiyent (yirik soliq to‘lovchilardan tashqari) |
Minimal miqdor 2023 yil uchun (ming so‘m) |
1. |
Oqdaryo tumani |
0,65 |
650,0 |
2. |
Bulung‘ur tumani |
0,65 |
650,0 |
3. |
Jomboy tumani |
0,70 |
700,0 |
4. |
Ishtixon tumani |
0,65 |
650,0 |
5. |
Kattaqo‘rg‘on tumani |
0,60 |
600,0 |
6. |
Qo‘shrabot tumani |
0,50 |
500,0 |
7. |
Narpay tumani |
0,60 |
600,0 |
8. |
Payariq tumani |
0,60 |
600,0 |
9. |
Past Darg‘om tumani |
0,70 |
700,0 |
10. |
Paxtachi tumani |
0,50 |
500,0 |
11. |
Samarqand tumani |
0,75 |
750,0 |
12. |
Nurobod tumani |
0,50 |
500,0 |
13. |
Toyloq tumani |
0,70 |
700,0 |
14. |
Urgut tumani |
0,60 |
600,0 |