Samarqandda tadbirkorlardan olingan 1,9 milliard so‘m ortiqcha to‘lov qaytarildi

Oliy Majlis Senati a’zolari tomonidan viloyatda o‘tkazilgan o‘rganishlarda 2019 yilning dekabr oyida 121 tadbirkorlik sub’yektidan 1,9 milliard so‘m ortiqcha to‘lov olingani ma’lum bo‘ldi. To‘lovlarning 1,3 milliard so‘mi (66 foizi) 2020 yilning yanvar oyida soliq to‘lovchilarning hisob raqamlariga qaytarildi.

Jumladan, Bulung‘ur tumanida ortiqcha olingan 339 million so‘m to‘lovning 78 foizi (264 million so‘m), Samarqand shahrida 301 million so‘mning 73 foizi (220 million so‘m), Ishtixon tumanida 214,5 million so‘mning 79 foizi (169,5 million  so‘m) qaytarilgandi. Ortiqcha to‘lovlarning qolgan qismi, o‘tgan yil yakuni bo‘yicha topshirilgan hisobotlar natijasida to‘liq bartaraf etildi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.