Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda tashkil etiladigan yangi tumanlar haqida ma’lumot berildi

Samarqand shahrini “Millionli shahar”ga aylantirish uchun, shaharga chegaradosh bo‘lgan Samarqand, Past Darg‘om, Oqdaryo va Toyloq tumanlari hududlarini qo‘shish orqali, shuningdek, doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan aholi va talabalar hisobiga shahar aholisi soni oshirilishi belgilangan.

Samarqand shahar hududini 5 ta tumanga bo‘lish rejalashtirilmoqda:

- Qorasuv tumani - maydoni 7,921 ming gektari, MFYlar soni 33 ta, aholi soni 134,7 ming kishi;

- Siyob tumani - maydoni 4,846 ming gektari, MFYlar soni 100 ta, aholi soni 301,3 ming kishi;

- So‘g‘diyona tumani - maydoni 3,741 ming gektari, MFYlar soni 54 ta, aholi soni 184,9 ming kishi;

- Bog‘ishamol tumani - maydoni 3,246 ming gektari, MFYlar soni 55 ta, aholi soni 170,5 ming kishi;

- Maroqand tumani - maydoni 8,333 ming gektari, MFYlar soni 51 ta, aholi soni 226,6 ming kishi.