Samarqandda transport va yo‘lovchilar oqimi oshdi

Joriy yilning yanvar–mart oylarida Samarqand viloyatidagi chegara bojxona postlari orqali transport vositalari va fuqarolar harakatida sezilarli o‘sish qayd etildi.

Hisobot davrida chegara bojxona postlari orqali 22 954 ta avtotransport vositasi hamda 2 430 ta aviaqatnov amalga oshirilgan. Shuningdek, ushbu davr mobaynida 440 ming 940 nafar fuqaro chegara bojxona postlari orqali harakatlangan.

Tahlillarga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oshgan. Jumladan, fuqarolar harakati 238 998 nafarga ko‘paygan bo‘lsa, aviaqatnovlar soni 365 taga ortgan.

Bunday o‘sish hududda iqtisodiy faollikning oshgani, xalqaro aloqalarning kengaygani hamda transport infratuzilmasining rivojlanayotgani bilan izohlanadi.