Samarqandda "Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi" ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi o‘tkazildi
A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida tuman va shahar tanlov bosqichida g‘olib bo‘lgan kutubxonachilar 4 ta shart asosida bellashdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
I-o‘rin – Kattaqo‘rg‘on shahar AKM xodimi N.Inotullayeva;
II- o‘rin – Viloyat AKM xodimi S.Salimova
III-o‘rin – Urgut TAKM xodimi M.Safoyevalarga nasib etdi.
Tanlov g‘oliblari va faol qatnashchilarga maxsus diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ma’lumot uchun: "Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi" ko‘rik tanlovi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini hamda ularda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, aholiga zamonaviy va sifatli axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan.
Tanlov 2022 yildan buyon Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari o‘rtasida o‘tkaziladi.