Samarqandga oxirgi 10 kunda koronavirusga qarshi 300 ming dollarlik dori vositalari import qilindi
- 29.07.2020 22:30
- 97
- COVID-19
Bugungi pandemiya sharoitida koronavirusni yuqtirganlar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa tabiiyki, infeksiya profilaktikasi va uni davolash uchun dori vositalari zaxirasini shakllantirishda barcha davlat tashkilotlari zimmasiga alohida mas’uliyat yuklamoqda.
Bu borada departament xodimlari tomonidan ham zarur tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralarning amaliy yordami bilan 17-28 iyul kunlari 300 ming AQSh dollarlik dori vositalari keltirildi.
Xorijiy davlatlarlardan import qilingan Covid-19ni davolashda tavsiya etilgan 6 turdagi dori vositalarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi dorixonalarda savdoga chiqarildi.
Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.