Samarqandlik Islomjon Bahromov Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
- 20.02.2020 14:48
- 67
- Sport
Joriy yilning 18-23 fevral kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
Chempionatning ikkinchi kungi bellashuvlari yurtdoshlarimiz uchun omadli keldi. Samarqandlik kurashchi Islomjon Bahromov (-60 kilogramm) vazn toifasida bronza medali uchun kechgan bahsda g‘alabaga qozondi. Bu haqida viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Bahromov hindistonlik raqibi Gyanender Gyanenderga qarshi gilamga chiqib, uni 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ma’lumot uchun, Islomjon Bahromov chorak finalda tojikistonlik Firuz Mirzorajabovni 9:0 hisobida taslim etgan. Lekin yarim finalda yaponiyalik Kenichiro Fumitaga yutqazib qo‘ygan edi.
Teglar:
yunon-rum kurashi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayotni saqlab qolgan bilim: Mansurning hikoyasi
- 02/11, 06:16
- Jamiyat
Temuriylar davrining buyuk me’mori
- 02/11, 06:10
- Madaniyat