Mo‘minjon Abdullayev Osiyo chempionati sovrindori

Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

-130 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Olimpiya o‘yinlarining uch karra ishtirokchisi, bulung‘urlik Mo‘minjon Abdullayev dunyoning nomdor polvonlarini yengib, medallar uchun kuch sinashish pog‘onasigacha yetib keldi.

Kurashchimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda singapurlik Timoti Yu Loxni 4-0 hisobida yengdi.

Shu tariqa, yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatining birinchi kuni 5 ta vaznda gilamga chiqib, yakunda 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jalgasbay Berdimuratov kumush, Jasurbek Ortiqboyev (-55 kg) va Mo‘minjon Abdullayev (130 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.