Samarqandlik kasabachilar “Yilning eng yaxshi mutaxassislari” deb e’tirof etildi

Poytaxtda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Safarali Azizov “Ehtirom nishoni” bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovida “Buxoro mintaqaviy temiryo‘l uzeli” unitar korxonasi tasarrufidagi Samarqand sanitariya-epidemiologiya markazi boshlang‘ich kasaba tashkiloti rahbari Shahodat Abdurahmonova g‘olib bo‘ldi.

Samarqand davlat universitetining 2-bosqich talabasi Shahnoza Ablaqulova kasaba uyushmalari stipendiatlari qatoridan joy egalladi.

Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Suhrob Rafiqov kasaba uyushmalari federatsiyasi nashri – “Ishonch” va “Ishonch - doveriye” gazetalarining eng yaxshi targ‘ibotchisi yo‘nalishida e’tirof etildi.

Shunday qilib, samarqandlik kasabachilar “Yilning eng yaxshi mutaxassislari" bo‘ldi.