Samarqandlik o‘quvchi Konstitutsiya bilimdoni sifatida e’tirof etildi

O‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya - erkinligimiz kafolati” mavzusida insholar tanlovi joriy etilgandi.

Joriy yilning 1 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida mazkur tanlovning respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz viloyatlaridan bir nafardan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 8-11 sinf o‘quvchilari insho yozib, huquqiy savodxonligini namoyish etishdi. Yurtimizda qonun ustuvorligi, inson huquq va manfaatlarining ishonchli himoya qilinayotgani, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar aks etgan taqdimotlar qilishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Samarqand tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Ruxshona Obidjonova 3-o‘ringa munosib, deb topildi.

Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.