Samarqandning bosh archasi viloyat teatri oldida joylashtirildi
Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyatimizning barcha shahar va tumanlari markazida bayram archalari o‘rnatildi.
Viloyatning bosh archasi Samarqand shahridagi Ko‘ksaroy maydonida, viloyat musiqali drama teatri oldida joylashtirildi. Maydon bayram ruhiga mos tarzda bezatildi.
Shuningdek, Sartepa maskani, Temiryo‘l vokzali maydoni, Kimyogarlar qo‘rg‘oni va Qorasuv massivida bayram archalari o‘rnatilmoqda.
Mazkur hududlarda 20 dekabrdan 2025 yil 10 yanvarga qadar madaniy dasturlar namoyish etilishi, savdo yarmarkalari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Viloyat hokimligi Samarqand shahrida “Eng chiroyli archa”, “Eng yaxshi bezatilgan ko‘cha”, “Eng yaxshi bino” kabi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov e’lon qildi.