SamDAQIga tayinlangan turkiyalik rektor jamoaga tanishtirildi

Bugun Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida tashkiliy masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining o‘rinbosari O‘ktam To‘rayev, Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari Begzod Rahmatullayev, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Jamoaga Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 avgustdagi 550-son qarori bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlangan turkiyalik malakali mutaxassis Chidem Djanbay Turkyilmaz xonim tanishtirildi.

— Biz jamoa bilan ta’lim sifatini, ilmiy darajalarni oshirishga qaratsak bu bizning birinchi qadamimiz bo‘ladi. Ishonchim komilki, hammamiz yurakdan mehnat qilamiz va ushbu jamoadagi har bir professor-o‘qituvchi hamda boshqaruv xodimlari bilan birgalikda uddalaymiz! – dedi Chidem Djanbay Turkyilmaz.

SamDAQI axborot xizmati.