Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDChTI akademik litseyi iqtidorli o‘quvchilarni tanlov asosida o‘qishga taklif etadi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi 2021-2022 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 9-sinfini bitirayotgan iqtidorli o‘quvchilarini tanlov asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishga qabul qiladi:

1) Xorijiy tillar o‘zbek guruhi (ingliz, nemis, fransuz tillari);

2) Xorijiy tillar rus guruhi (ingliz tili);

3) Sharq tillari (koreys, yapon, xitoy, arab tillari).

Hozirda tanlovning dastlabki bosqichi boshlangan bo‘lib, haftaning har kuni soat 10:00 da akademik litsey binosida bo‘lib o‘tmoqda.

Dastlabki tanlovda: ona tili va adabiyot fanidan diktant, chet tili fanidan insho (Essay), intelektual qobiliyatni aniqlash bo‘yicha test olinadi. Jami jamg‘arish mumkin bo‘lgan maksimal ball - 100 ball. Dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar (60 ball va undan yuqori ball to‘plaganlar) keyingi bosqichga (saralash bosqichiga) o‘tadi va saralash testlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dastlabki tanlovdan o‘tgan o‘quvchilar shu yilning 20 iyundan 30 iyungacha tegishli hujjatlarini topshiradilar.

Akademik litseyda dars mashg‘ulotlari maxsus sertefikatga ega bo‘lgan, respublikamiz va xorijlik yuqori malakali o‘qituvchilar tomonidan xalqaro standartlar asosida olib boriladi. Litsey bitiruvchilari «CEFR”, «IELTS”, «FIT IN DEUTSCH” darajalariga ega bo‘lishadi.

Litseyda o‘qish muddati 2 yil. Iqtidorli o‘quvchilar uchun "Rektor stipendiyasi" hamda "Akademik litseyimiz iftixori" stipendiyalari joriy etilgan. Uzoqdan kelgan o‘quvchilar yotoqxona hamda 3 mahal imtiyozli ovqat bilan ta’minlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni samdchti-al.uz saytidan hamda samdchtial_info telegram kanalidan olishingiz mumkin.

Mo‘ljal: Universitet xiyoboni (bulvar), SamDU fizika fakulteti binosining orqa tomoni, "Savdogar bank" yonida.

Telefonlar: +99890-503-17-25, +99891-187-94-41, +99866-233-11-54, +99893-355-75-73.