SamDTI o‘quv jarayonini masofaviy shaklga o‘tkazdi
- 28.04.2021 14:57
- 142
- Ta’lim
Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-5-kurslari uchun o‘quv jarayoni masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazildi.
Institut axborot xizmati xabar berishicha, epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng 10 mayda an’anaviy (offlayn) o‘qishga qaytish to‘g‘risida rasman e’lon qilingan.
Bitiruvchi kurs talabalari, klinik ordinator va magistraturada tahsil olayotganlar uchun an’anaviy ta’lim davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz: Samarqand iqtisodiyot va servis, Samarqand davlat arxitektura va qurilish, Samarqand veterinariya meditsinasi va Samarqand davlat chet tillar institutlari, Samarqand davlat universiteti, TDIU Samarqand filiali ham o‘quv jarayonlarini vaqtinchalik masofaviy shaklga o‘tkazgan.
Teglar:
SamTI