SamDTIga ikkita yo‘nalish uchun kvota ajratilmadi

Yaqinda yangi o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kvotalar belgilandi. Samarqand davlat tibbiyot institutiga 2021-2022 o‘quv yili uchun 875 o‘rin kvota ajratildi. Shulardan 415 ta davlat granti, 460 ta to‘lov-shartnomasi asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ammo joriy yilda oliy hamshiralik ishi va professional ta’lim: tibbiy-pedagogik ish yo‘nalishlariga qabul jarayonlari uchun kvotalar berilmadi. Bu haqda institut axborot xizmati xabar bermoqda.

Bu yilgi ta’lim yo‘nalishlari quyidagicha:
1. Davolash ishi – 325 o‘rin;
2. Pediatriya ishi – 250 o‘rin;
3. Tibbiy profilaktika ishi – 75 o‘rin;
4. Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha) – 100 o‘rin;
5. Farmatsiya (turlari bo‘yicha) – 75 o‘rin;
6. Tibbiy-biologiya ishi – 25 o‘rin;
7. Xalq tabobati – 25 o‘rin.

Eslatib o‘tamiz: 2020-2021 o‘quv yilida institutda 825 o‘rin kvota ajratilgan. Shundan 371 ta davlat granti, 454 ta to‘lov-shartnomasi asosida 9 ta yo‘nalishda o‘qishga kirish imkoniyati bo‘lgan.