SamTI jamoasi 3 ming nafar sardobaliklarga yordam yubordi
- 05.05.2020 17:50
- 224
- Samarqand
Bugun erta tongdan Samarqand davlat tibbiyot institutida “Biz sardobaliklar bilan birgamiz!” shiori ostida xayriya aksiyasi uyushtirildi.
Xayriya aksiyasiga insonparvarlik yordami sifatida institut professor-o‘qituvchilari va talabalar kiyim-kechak, buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari olib kelishdi.
– Barcha kabi bizning jamoa ham ushbu fojeadan qattiq tashvishga tushdi. Hozirda suv toshqini bo‘lgan hududga tinimsiz yordam karvonlari jo‘natilmoqda. Buni ommaviy axborot vositalari orqali kuzatyapmiz. Shu tufayli Zomin tumanida vaqtincha yashayotgan 3000 nafardan ortiq sardobaliklarga yordam qilishga qaror qildik, - dedi oliy o‘quv yurtining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori E.Tangirov.
Xayriyaga yig‘ilgan kiyim-kechak, buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari Jizzax viloyatining Zomin tumaniga yetkazildi.
Odilbek AHMEDOV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Savodsizlik sari...
- Hozirgina
- Jamiyat
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa