Sarimsoq organizmda turli o‘simtalar paydo bo‘lishining oldini oladi

Tarkibida ko‘p miqdorda oltingugurt sulfati saqlovchi sarimsoq yurak-qon tomir tizimida misli ko‘rilmagan mo‘’jizalar yaratadi. Xususan, sarimsoq jigardagi xolesterin uchun javobgar fermentlarni parchalash usuli bilan qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Bu hammasi emas. Sarimsoq iste’mol qilganingizda arterial qon bosimi tushadi, aterosklerozning oldi olinadi, bu esa o‘z navbatida yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ayrim mamlakatlar sog‘liqni saqlash tizimi oshqozon va to‘g‘ri ichak saratonining kam uchrashishini odamlarning ko‘p sarimsoq iste’mol qilishi bilan izohlaydi. Bu shunchaki tasodif emas, balki ilmiy asoslangan faktdir.

Sarimsoq organizmda turli o‘simtalar paydo bo‘lishining oldini oladi, o‘simtalar o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bundan tashqari, muntazam ravishda sarimsoq iste’mol qilish qondagi qand miqdorini bir me’yorda saqlab turishga yordam beradi va o‘z-o‘zidan qandli diabetning oldi olinadi.